Organik birikmalar tarkibini tahlil qilish
Bu tajribada organik modda tarkibida uglerod va vodorod borligi aniqlanadi.
Bu tajribada organik modda tarkibida uglerod va vodorod borligi aniqlanadi. Tekshiriladigan organik modda sifatida kraxmal olinadi. Videoda quruq probirkaga taxminan 1 g qora rangli mis(II) oksid va 0,5 g kraxmal solinib, yaxshilab aralashtiriladi. Probirka shtativga o'rnatilib, gaz o'tkazgich nayli tiqin bilan berkitiladi; nayning uchi ohakli suv solingan probirkaga tushiriladi. Aralashma spirt lampasida bir tekis qizdirilganda ohakli suvdan pufakchalar o'tadi va u loyqalanadi. Probirkaning yuqori qismida esa suv tomchilari paydo bo'ladi.
O‘xshash tajribalar
Yog'lardan sovun olish
Bu tajribada o'simlik yog'ini ishqor bilan qizdirib sovun olinadi.
Organik birikmalarni o'ziga xos reaksiyalar asosida aniqlash
Bu tajribada sovun eritmasining muhiti aniqlanadi.
Etilenning olinishi va xossalarini o'rganish
Bu amaliy mashg'ulotda laboratoriya sharoitida etil spirtdan etilen gazi olinadi va uning to'yinmagan uglevodorod sifatidagi xossalari o'rganiladi.