Virtual Lab haqida

Virtual Lab — fizika va kimyo fanlaridan maktab laboratoriya ishlarini bir joyga jamlagan sayt. Hamma maktabda ham kerakli asbob-uskuna va reaktivlar yetarli emas. Shu sababli darslikdagi tajribalarni haqiqiy laboratoriyada bajarib, videoga oldik.

Har bir tajriba sahifasida video bilan birga tajribaning maqsadi, ilmiy tushuntirishi, reaksiya tenglamalari, natijalar jadvali, xulosa va xavfsizlik qoidalari berilgan. Materiallar 7–11-sinflar darsliklari asosida tayyorlangan.

Maqsadimiz

Laboratoriyasi bo‘lmagan maktabda o‘qiyotgan o‘quvchi ham tajribani o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, uning mohiyatini tushuna olishi kerak. Sayt o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun bepul.