Azot guruhchasi elementlari mavzusiga oid tajribaviy masalalar yechish
Bu tajribada mis(II) nitrat tuzi uch xil moddadan — mis(II) oksid, mis karbonat va mis(II) gidroksiddan nitrat kislota yordamida olinadi.
Bu tajribada mis(II) nitrat tuzi uch xil moddadan — mis(II) oksid, mis karbonat va mis(II) gidroksiddan nitrat kislota yordamida olinadi. Videoda avval qora kukunsimon mis(II) oksidga nitrat kislota qo'shiladi va mis(II) nitrat hamda suv hosil bo'ladi. So'ng mis karbonatga nitrat kislota ta'sir ettiriladi: karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi. Keyin mis(II) sulfat eritmasiga natriy gidroksid qo'shilib, ko'k rangli mis(II) gidroksid cho'kmasi olinadi. Cho'kma cho'kkanidan keyin eritmadan ajratiladi va unga nitrat kislota qo'shilganda u erib, ko'k eritma hosil bo'ladi.
O‘xshash tajribalar
Turli eritmalarda sulfat ioni borligini aniqlash
Bu tajribada sulfat kislotaning xossalari va sulfat ioni uchun sifat reaksiyasi ko'rsatiladi.
Mineral o'g'itlarni aniqlash
Bu mashg'ulotda to'rtta mineral o'g'it — kaliy xlorid (KCl), kaliy nitrat (KNO₃), ammoniy xlorid (NH₄Cl) va ammoniy nitrat (NH₄NO₃) — sifat reaksiyalari yordamida aniqlanadi.
Xlorid kislota, galogenidlar va yod uchun sifat reaksiyasi
Bu tajribada uchta rangsiz eritma — kaliy bromid (KBr), kaliy yodid (KI) va kaliy xlorid (KCl) — kumush nitrat yordamida bir-biridan ajratiladi.